“GIYОHVАNDLIKKА QАRSНI KURАSНDА BАRCНА MАSUL!”

 2024-10-07 15:17:18    79

PDF yuklash
Chop etish


Giyohvandlik butun dunyoda keng jamoatchilikni tashvishga solayotgan eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Zero, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish bilan bogʼliq jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi juda yuqori. Narkotik va psixotrop moddalarni isteʼmol qilishning ortishi birinchi oʼrinda ogʼir kasalliklar va jinoyatlar sodir etilishining koʼpayishiga olib keladi.
Hammamiz bilamizki, giyohvand moddalarni isteʼmol qila boshlagan odam, qaysi tipda boʼlmasin, avvalo, unga odat yaratadi. Аmmo bir yil oʼtgach, preparat mehnatga yaroqsiz boʼlib qoladi. Natijada u jinoyatga qoʼl urishga majbur boʼladi. Yaʼni navbatdagi giyohvandlik vositasini qabul qilish maqsadida oʼgʼirlikni oʼz uyi – oilasidan boshlaydi. Giyohvandlik va giyohvandlikning yosh avlod tarbiyasiga, insoniyat kelajagiga katta zarar yetkazishi butun jahon hamjamiyatini tashvishga solmoqda. Shuning uchun ham bu falokatga qarshi kurash hozirgi kunda yer maydonidagi global muammolardan biriga aylandi. 
Аsr vabosiga qarshi kurashish barchamizning ishimiz. Oʼzini shu yurt farzandi deb bilgan har bir fuqaro bu harakatdan chetga chiqmasligi kerak. Bu jarayon umummilliy kurashga aylanishi kerak. Shundagina minglab yoshlarning kelajagini, oilalarimiz tinchligini asrab- avaylaymiz. Jamiyat taraqqiyotining zamonaviy bosqichining oʼziga xos shart- sharoitlari, aholining katta qismini ijtimoiy yoʼqotish giyohvand moddalar isteʼmoli dinamikasining oʼsishiga olib keladi. 
Turli sabablarga koʼra mavjud dori-darmonlarga qarshi chora-tadbirlar tizimi barqaror emas va haqiqiy holatga mos kelmaydi. Vaziyatning asosiy xususiyati shundaki, giyohvandlik muammosi yosh avlod oʼrtasida tobora keng tarqalmoqda.Xalqimizning erkin va farovon hayot kechirishi va bugungi kunidan rozi boʼlishi uchun davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bir qator vazirlik va idoralar tomonidan tunu-kun mehnat qilinayotgan bir vaqtda ayrim irodasi sust kimsalar giyohvandlik balosiga mubtalo boʼlayotgani barchamizni tashvishga soladi. 
“Аsr vabosi deb atalayotgan bu-jirkanch illatning yoshlar orasida keng avj olayotganligi yanada ayanchli holat hisoblanadi buning oqibatida qanchadan qancha tinch-totuv yashayotgan oilalar barbod boʼlmoqda va qanchadan-qancha bolalar yetim qolmoqda va yana qanchadan-qancha begunoh goʼdaklar nuqson bilan dunyoga kelmoqda. 
Shuningdek, ushbu jirkanch illat giyohvandlik OITS, gepatit, sil kabi ogʼir va bedavo xastaliklarning tarqalishiga ham sabab boʼlamoqda. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, bugungi kunda yurtimizda “Barcha sayi harakatlar inson qadri uchun” deb nomlangan ezgu maqsad yoʼlida harakat qilinayotgan davrda ayrimlarning mana shunday jirkanch illatga ruju qoʼyishi yuqorida taʼkidlab oʼtganimizdek bir qator salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi milliy va xalqaro mutaxassis olimlarning tadqiqotlari natijasidan ham ayon boʼldi. Hozirgi kunda jamiyatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi sifatida baholanib qolinayotgan holatlar ham uchrab turibdi. Bizning fikrimizcha, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning, balki jamoat tashkilotlari, fuqarolarni oʼzini oʼzi boshqarish organlari, oila va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikdagi faoliyati hisoblanadi. 
Shu sababli ham jamiyatimizda yoshlar oʼrtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar aylanmasiga chek qoʼyish, aholi oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish uchun barchamiz birdek maʼsulmiz. Аlloh taolo barchamizni, xususan yosh avlod boʼlgan aziz farzandlarimizni barcha salbiy illatlardan oʼz panohida asrasin. Omin!


Muhammadnabi Oripov,

Rishton tumani bosh imom-xatibi


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 80 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab