EKSKLАV HUDUD АHOLISI TIBBIY KOʼRIKDАN OʼTKАZILDI

×

 2024-10-05 15:35:30    72

PDF yuklash
Chop etish


Xabaringiz bor, Rishton tumani tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan belgilangan reja asosida mahallalarda chuqurlashtirilgan tibbiy koʼriklar tashkil qilinmoqda. Navbatdagi tibbiy koʼrik eksklav hudud sanalgan “Choʼngʼara” mahalla fuqarolar yigʼinida, ushbu hududda joylashgan “Zilol” oilaviy shifokorlik punktida oʼtkazildi.
Xastalikni davolashdan koʼra uning oldini olgan afzal. Bu tamoyil bugun Oʼzbekiston tibbiyotidagi eng ustuvor vazifaga aylangan. Joylarda tez-tez tashkil qilinayotgan tibbiy koʼriklar koʼplab kasalliklarni birlamchi bosqichlarda aniqlash va davolash samaradorligini oshirish imkoniyatini bermoqda. Tashkil qilingan tibbiy koʼrikda tibbiyot muassasidan tashrif buyurgan mutaxassislar, tumanning malakali shifokorlari tomonidan fuqarolar skrining tekshiruvlardan oʼtkazildi.
-Yurtdoshlarimizga bir vaqtning oʼzida kardiolog, nevropotolog, urolog, pulьmonolog, akusher-ginekolog kabi oʼnlab mutaxassislar koʼrigidan oʼtish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, malakali shifokorlar jalb qilindi,-deydi tuman tibbiyot birlashmasi boshligʼi Bunyodbek Hojirahmatov.
– Bugungi tibbiy koʼrikdan aholimiz minnatdor, – deydi «Choʼngʼara» MFY yoshlar yetakchisi Navroʼzbek Boʼribekov. - Chunki mahallamiz tuman markazidan juda ham olisda joylashgan. Аholining har doim ham tibbiy koʼrikdan oʼtish uchun tuman markaziga borishga imkoniyatlari boʼlmaydi. Tuman tibbiyot birlashmasi boshligʼi tibbiy koʼrik bahona xalq bilan muloqot qildi. Аholining salomatligiga oid muammolari, tibbiyotga doir fikr mulohaza va takliflari tinglandi. 
Joylarda bu kabi tibbiy koʼriklar turli kasalliklarni erta aniqlash va oʼz vaqtida samarali davolashga katta hissa qoʼshadi.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab