MILLIY STRАTEGIYАDАGI VАZIFАLАR IJROSI TАMINLАNАDI
2024-10-04 08:50:17 75
Giyohvandlikka qarshi kurashish dolzarb oyligi
Tuman hokimligida majlislar zalida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 6 maydagi “Oʼzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʼyish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy taʼsirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-73-son farmoni bilan tasdiqlangan Milliy strategiyadagi vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida seminar oʼtkazildi.
Seminarda tuman hokimligi, prokuratura, IIB, DSI, MMTB hamda jamoachilik bilan ish olib boruvchi tashkilotlar masʼullari ishtirok etishdi.
Bu boʼyicha viloyat hokimining 2024 yil 24 sentyabrdagi “Fargʼona viloyatida giyohvandlikka qarshi kurashishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoyishi qabul qilingan. Unga asosan, 2024 yilning 1-31 oktyabr kunlari “Giyohvandlikka qarshi kurashish boʼyicha “Dolzarb oylik” idoralararo kompleks chora-tadbirlar oʼtkazilishi belgilangan.
Seminarda qatnashgan masʼullar giyohvandlik vositalarining inson salomatligiga taʼsiri va oqibatlari, tumanimizda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga chek qoʼyish, aholida ularni isteʼmol qilishga qarshi “immunitet”ni shakllantirish boʼyicha maʼruza qilib, tushunchalar berishdi. Аholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarda giyohvandlikka qarshi immunitetni, oʼquvchi va talabalar orasida kuchli taʼsir qiluvchi dorilarni isteʼmol qilishga murosasiz munosabatni shakllantirish, taʼlim muassasalarida psixofaol moddalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan yangi taʼsirchan targʼibot-tashviqot va tarbiyaviy-profilaktik tadbirlarni oʼtkazib borish kerakligi aytildi.
Shu bilan birga, mutaxassislar giyohvandlik, tamaki va alkogolь moddalar girdobiga tushgan yoshlarning organizmidagi salbiy oʼzgarishlar, ularning umumiy sogʼligʼiga, jumladan naslga, miya va yurak, qon-tomir faoliyatiga, ruhiyatiga, shu bilan birga, ongi va tafakkuriga salbiy taʼsir oʼtkazishi haqida tahliliy maʼlumotlar va faktlar asosida, koʼrgazmali targʼibot materiallaridan foydalangan holda tushuntirdilar.
“Dolzarb oylik” davomida hamda doimiy ravishda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar har bir taʼlim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda hamda mahallalarda oʼziga xos tarzda, yuqori saviyada oʼtkazilishiga kelishib olindi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi