Prezident topshirigʼi ijrosi: Rishton tumani misolida

×

 2024-09-28 08:23:02    42

PDF yuklash
Chop etish


KАMBАGʼАLLIKDАN FАROVONLIK SАRI
Bugun mamlakatimizda kambagʼallikni qisqartirish, odamlar turmush darajasini oshirish umummilliy harakatga aylandi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan amaliyotga jadal tatbiq etilayotgan “Kambagʼallikdan farovonlik sari” gʼoyasi har birimizga, har bir xonadon, har bir oilaga yangi hayot nafasini olib kirdi.
Davlatimiz rahbari topshiriqlarida Hukumatdan tortib tashkilotlargacha barcha boʼgʼindagi rahbarlarning kundalik ishi oilalarni kambagʼallik sharoitidan olib chiqish boʼlishi kerakligi koʼrsatib oʼtilgan.
Bugun Fargʼona viloyati hokimining birinchi oʼrinbosari Xabib Sirojitdinov, soha mutaxassislari va Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov hamkorligida "Toʼda" mahallasida boʼlib u yedagi xonadon vakillari bilan suhbatlashishdi. 
Ularning taklif va muammolarini oʼrgandi. Shuningdek, "mahalla yettiligi"ga mahalladagi har bir xonadonni toʼliq xatlovdan oʼtkazib, kambagʼal oila boʼyicha individual ishlash borasida amalga oshirilishi zarur boʼlgan vazifalar berildi. 
"Kambagʼallikdan farovonlik sari" dasturiga asosan tumandagi har bir mahalla, unda istiqomat qilayotgan oila va uning aʼzolari toʼliq xatlovdan oʼtkazilib, unga asosan "Kambagʼal oilalar portreti" ishlab chiqilmoqda. Darvoqe, aholi oʼrtasida kambagʼallik va ishsizlikni tugatish boʼyicha izchil ishlar olib borilmoqda. Sababi, davlatimiz siyosatida inson manfaatlari, ijtimoiy adolat tamoyillari ustuvor. Shu bois, yurtimizda aholining muayyan qatlami oʼrtasida kambagʼallik borligi tan olinib, uni qisqartirish boʼyicha alohida tizim joriy qilindi.


<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab