NISНONBI АYА ENDI ZАMONАVIY UYDА YАSНАYDI

×

 2024-09-27 10:12:25    128

PDF yuklash
Chop etish


???? Аvval xabar berib oʼtganimizdek, Fargʼona viloyati Rishton tumani Xurramobod MFY Jumanazar Sultonov raisi tashabbusi bilan ushbu mahallasida yashovchi 82 yoshli Nishonbi aya Qodirovaga har tomonlama qulaylikka ega boʼlgan yangi uy qurib berish ishlari boshlab yuborilgan edi. 
 ✳️ Xurramobodliklar qisqa 15 kun mobaynida eski uyini buzib tashlab, barcha qulayliklarga ega boʼlgan yangi uy qurib, uni toʼliq yangi jihozlar bilan jihozlab, bugun tantanali ravishda, bayramona kayfiyatda Nishonbi ayaga topshirishdi. Oʼzbekona milliy urf-odatlarimizga muvofiq qurʼon tilovatlari oʼqildi, mahalla oqsoqollari, nuroniy otaxonu-onaxonlar va boshqalarga bir piyola choy ustida suhbat qurishdi. Bunday saxovatli tadbirlarni davom ettirish borasida kelishib olishdi. 
✍️- Аhillikda gap koʼp ekan, koʼrib turganingizdek qiqsa fursat ichida katta hajmdagi ish bajarildi. Shu oʼrinda mening tashabbusini qoʼllab-quvvatlagan barcha mahalladoshlarimga minnatdorlik bildiraman, - dedi Xurramobod MFY raisi Jumanazar Sultonov.
- Koʼpdan quyon qochib qutula olmas-degan gaplar bejizga aytilmagan ekanligini yana bir bor guvohi boʼldik. Xurramobodliklarning bu tashabbusi barcha uchun ibrat boʼlishi kerak. - dedi tuman maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi rahbari D. Dodoboeva.  Mahalla ahli yangi uy - uy kurdiga har xil kerakli boʼlgan sovgʼalar bilan kelishib, Nishonbi onani benihoyat xursand etishdi. Yigʼilganlarning barchalari yurtimiz tinchligi, osoyishtali, bagʼrikeng xalqimizning saxovatpesha ishlariga duolar qilishdi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab