XITOYLIKLАR BILАN KELIShUVGА ERIShILDI
2024-09-24 09:14:15 51
Hamkorlik ufqlarida
Аvval xabar berib oʼtganimizdek, shu kunlarda Rishton tumani hokimi oʼrinbosari A. Siddiqov boshchiligidagi tadbirkorlardan iborat delegatsiya Xitoyning Guanchjou provinsiyasida joylashgan Guanchjou va Dongguan shaharlarida boʼlib turishibdi.
KUTIB OLISh MАROSIMIDelagatsiya aʼzolarini rasmiy kutib olish jarayoni oʼtkazildi. Rishton tumanidan tashrif buyurgan mehmonlarni Oʼzbekiston Respublikasining Xitoydagi elchixonasi vakillari hamda Guanchjou va Dongguan shaharlari rasmiylari tantanli ravishda kutib olishdi.
RАSMIY UChRАShUVLАRRasmiy kutib olish jarayonlari poyoniga yetgach, rasmiy uchrashuvlar boshlandi. Rasmyi uchrashuvlarda Xitoy tadbirkorlar doirasi jumladan, Guangzhou LIUHUA Apparel Digital Trade Center vitse prezidenti Pin Chan, Guangzhou LIUHUA Fashion Wholesale Market direktori Vera Vuu, Guangzhou LIUHUA Fashion Wholesale Market jamoatchilik aloqalar boʼyicha mutaxassis Domi Tan, Guangzhou LIUHUA Apparel Digital Trade Center vitse prezidenti Cai Hanxiang, Dongguan Xinli Trading Co raisi va bir qator yirik korxonalar bilan Oʼzbekistonga xususan Rishton tumaniga yangi loyihalarni jalb qilish orqali sanoat va ishlab chiqarishni rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
MEMORАNDUM IMZOLАNDITadbir davomida shuningdek, kulolchilik hamda savdo-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni yoʼlga qoʼyish, doʼstlik jamiyatlari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda samarali faoliyat olib borish, Oʼzbekistonning investitsion jozibadorligini oshirish yuzasidan memorandum imzolandi.
ChINNIChILIK UChUN YaNGI TEXNOLOGIYaLАRMuzokaralar davomida Xitoyliklar bilan Rishton tumanida zamonaviy chinni mahsulotlarini ishlab chiqarish borasida ham kelishuvga erishildi. Endi tumanimizdagi chinni mahsulotlari yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqarilishi rejalashtirildi. Bu Xitoyga qilingan tashrif mahsuli boʼlishi boʼyicha kelishib olindi. Uchrashuvda Rishton chinni mahsulotlarining raqobatbardosh boʼlib uning eksport geografiyasini kengaytirish eng asosiy maqsad qilib olindi.
RIShTONGА TАShRIFImzolangan memorandumga koʼra, Xitoy mamlakati delagatsiyasi yil oxiriga qadar Rishton tumaniga tashrif buyurishi belgilab olindi. Tumanimizda ham bu ikki mamlakat tadbirkorlari bilan hamkorlik memorandumi imzolananishi rejalashtirilgan.Rishton tumani delegatsiyasining Xitoy safari davom etmoqda.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi