Rishton tumanida 80 oʼrinli yangi xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti ish boshladi
2024-09-23 15:14:26 54
Bolalarning sogʼlom oʼsishi va tizimli oʼqitishga tayyorlash uzluksiz taʼlimning boshlangʼich qismi hisoblangan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ustuvor vazifasi etib belgilangan. Bugun Rishton tumanida “Genius Kids” nomli xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti ish boshladi. Yangi bogʼchaning ochilish marosimida tuman hokimi, sektor rahbarlari va “Nuroniy” jamgʼarmasi tuman boʼlimi raisi, jamoatchilik vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etishdi. Tadbirda tuman hokimi taʼkidlaganidek, mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tizimini yanada rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Rishton tumanida ham maktabgacha taʼlim maskanlarini koʼpaytirish uchun oilaviy, nodavlat hamda davlat-xususiy sheriklik asosidagi bogʼchalar tashkil etilmoqda. Natijada tumanda maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni va bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olish darajasi yildan yilga ortib bormoqda.Rishton tumani 2-sektor hududidagi “M. Topvilodiev” mahalla fuqarolar yigʼinida tadbirkor Umidaxon Xoʼjaeva tomonidan yangi tashkil etilgan mazkur xususiy bogʼchada 80 nafar bolajonlar maktabgacha taʼlimga jalb etilib, 15 ta yangi ish oʼrni yaratildi. Yangi maktabgacha taʼlim muassasasida kichkintoylarning sifatli boshlangʼich taʼlim olishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Ushbu maktabgacha taʼlim muassasasida rus va ingliz tili, raqs, mental arifmetika singari toʼgaraklar faoliyati yoʼlga qoʼyilgan. Yaqin kunlarda tarbiyalanuvchilar sonini 100 nafarga yetkazish koʼzda tutilgan.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi