Oilalarni saqlab qolishda sudlarning roli

 2024-09-23 10:15:41    35

PDF yuklash
Chop etish


Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 76-moddasiga koʼra, Oila jamiyatning asosiy boʼgʼinidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir. Davlat oilaning toʼlaqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi. Oila mustahkam boʼlsa, jamiyat ham osoyishta boʼladi. Oilalarda parokandalik boʼlsa, jamiyatning ham tinchi yoʼqoladi va tanazzulga yuz tutadi. Baxtli oilalar tufayli baxtiyor jamiyat shakllanadi. Chunki oʼzaro mehrli boʼlgan ota-onalarning farzandlari ham bir-biriga mehribon boʼladi. Oilada yuksak maʼnaviy muhitni tashkil etish juda muhim. Bunda oila aʼzolarining, ayniqsa, er-xotinning oʼzaro murosa-madoraga borishi, gʼazabi kelganda uni yengishi va shirin soʼzli boʼlishi, shu bilan birga, oilaviy sirlarni koʼchaga olib chiqmasligi singari bir qator omillar juda katta ahamiyat kasb etadi.Bugungi kunda jamiyatimizda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar soni koʼpayib borayotgani achinarli holat. Аmaldagi qonunchiligimizga koʼra, nikohdan ajratishga oid ishlar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida hamda fuqarolik ishlari boʼyicha sudlar tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli oilalarni saqlab qolishda sudlarning alohida roli bor. Chunki nikohdan ajrashish uchun sudga tashrif buyurgan fuqarolarni oilasini saqlab qolish va tiklash choralarni koʼrishda sudlar bir qator ishlarni amalga oshiradi.Jumladan nikohdan ajratish haqidagi daʼvo arizalar rad qilingan taqdirda taraflarning oilalarini tiklash choralarini koʼrish boʼyicha ularning yashash manzillaridagi mahalla fuqarolar yigʼinlarida tashkil etilgan “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyalariga xususiy ajrimlar yuborish yoʼlga qoʼyilgan.Shu bilan birga, oila qonunchiligiga koʼra, sud er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlab, ishning koʼrilishini keyinga qoldirgan taqdirda, er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yigʼinining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan boʼlsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yigʼinining yarashtirish komissiyasini er-xotinni yarashtirish boʼyicha tegishli choralar koʼrish uchun uch kundan kechiktirmasdan yozma ravishda xabardor qilishi kerakligi belgilangan.Bundan tashqari tuman va shaharlardagi Oila va xotin-qizlar boʼlimlar bilan hamkorlik yoʼlga qoʼyilib yarashish uchun muhlat tayinlagan ishlar yuzasidan taraflarning oilalarni saqlab qolish choralari koʼrish va bu boʼyicha oʼz xulosalarini taqdim qilish amaliyoti yoʼlga qoʼyilgan.Oilalarni saqlab qolish orqali nafaqat ikki insonning taqdiri balki oiladagi farzandlarning taqdiri ham ularning oʼsib ulgʼayishi, tarbiya va bilim olishi kelajakda komil inson boʼlib yetishishiga erishiladi.Islom dini taʼlimotiga koʼra, oila qurishga targʼib etish bilan birga, uni yaxshilik bilan tutishga buyurilgan. Аgar er-xotin oʼzaro kelisha olmagan taqdirlarida isloh qilish uchun har ikki tomondan hakamlar jalb etish lozim boʼladi deb belgilangan.Xulosa qilib aytganda nafaqat sudlarimiz balki barchamiz oilalarni saqlab qolish, yetim bolalarning koʼpayishini oldini olish shu orqali jamiyatimiz va davlatimiz yuksalishi yoʼlida maʼsuliyatli hisoblanamiz.

M. Ibroximova,
Fuqarolik ishlari boʼyicha
Rishton tumanlararo sudi sudyasi


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab