SUD-HUQUQ TIZIMIDАGI HАYОTBАXSН ISLOHOTLАR

 2024-09-17 17:42:20    45

PDF yuklash
Chop etish


Inson huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilish, qonun ustuvorligini taʼminlashga qaratilgan islohatlar izchil davom ettirilmoqda. Soʼnggi yillarda sud-huquq sohasini isloh etish borasida dadil masalalar yuzasidan bir qancha qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi.

Аytish kerakki, soʼnggi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, eng avvalo, jinoiy tajovuzlardan himoya qilishning ishonchli kafolatlarini taʼminlashga, shuningdek, ularning shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishiga, qonuniy manfaatlari cheklanishiga yoʼl qoʼymaslikka qaratilgan keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Olib borilayotgan sud-huquq islohotlarining asosiga qonun ustuvorligi, fuqarolarning qonun oldida tengligi, insonparvarlik, adolatlilik va aybsizlik prezumptsiyasi kabi konstitutsiyaviy printsiplar poydevor qilib qoʼyilgan.Sudlarning chinakam mustaqilligini taʼminlash eng ustuvor vazifa boʼlib, ayniqsa, sud biron-bir mansabdor shaxsning qoʼli yetadigan idoraga aylanib qolishiga mutlaqo barham berilib, sud ishlariga aralashgani yoki sudga bosim oʼtkazgani uchun javobgarlik kuchaytirilganligini qayd etish lozim.Bundan tashqari, yana bir muhim masala fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat ishlari boʼyicha viloyat darajasidagi uchta sudlar bitta sud sifatida birlashtirilganligi aholi va tadbirkorlarga katta qulayliklarni yaratdi.

Fuqarolik ishi boʼyicha sud qarorini nazorat tartibida qayta koʼrib chiqish imkoniyatini beruvchi muddatning 3 yildan 1 yilga qisqartirilishi esa, fuqarolik huquqiy munosabatlarning barqarorligi, fuqarolik protsessi ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashga xizmat qiladi.

Xulosa oʼrnida shuni taʼkidlash joizki, sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan oʼzgarish va yangilanishlar mohiyat-eʼtibori bilan sudlar mustaqilligini yanada mustahkamlash, odil sudlov samaradorligini yanada oshirish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini amalda toʼliq himoya qilishga, bir soʼz bilan aytganda, mamlakatda ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini taʼminlashga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Muhabbat Ibrohimova,
Fuqarolik ishlari boʼyicha Rishton tumanlararo sudining sudyasi.


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab