Rishton tumanida 50 oʼrinli yangi oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti ish boshladi

×

 2024-08-30 19:07:10    51

PDF yuklash
Chop etish


Mustaqillik inshootlari

Barchamizga maʼlumki, har yili yurtimizda mustaqillik bayrami arafasida yangi ishlab chiqarish, ijtimoiy, maishiy va xizmat koʼrsatish obʼektlarini foydalanishga topshirish anʼanaga aylangan.
Bugun ham tumanimizda Mustaqillik bayrami arafasida navbatdagi obʼekt ochildi. 
Rishton tumanida “Bolajon” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ish boshladi. Yangi bogʼchaning ochilish marosimida tuman hokimi, sektor rahbarlari va oʼrinbosarlari, jamoatchilik vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etdi. 
Tadbirda tuman hokimi taʼkidlaganidek, mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tizimini yanada rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Rishton tumanida ham maktabgacha taʼlim maskanlarini koʼpaytirish uchun oilaviy, nodavlat hamda davlat-xususiy sheriklik asosidagi bogʼchalar tashkil etilmoqda. Natijada tumanda maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni va bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olish darajasi yildan yilga ortib bormoqda.
Rishton tumani 4-sektor hududidagi “Sohibkor” mahalla fuqarolar yigʼinida yangi tashkil etilgan mazkur oilaviy bogʼchada ham 75 nafar bolajonlar maktabgacha taʼlimga jalb etildi.
Yangi maktabgacha taʼlim muassasasida kichkintoylarning sifatli boshlangʼich taʼlim olishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Ushbu maktabgacha taʼlim muassasasida rus va ingliz tili, raqs, mental arifmetika singari toʼgaraklar faoliyati yoʼlga qoʼyilgan. Yaqin kunlarda tarbiyalanuvchilar sonini 100 nafarga yetkazish koʼzda tutilgan.
 Ushbu maskan sohibkorliklar uchun mustaqilligimizning 33 yiligiga ajoyib sovgʼa boʼldi.


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab