“CНEK JАLАER” MАHАLLА FUQАROLАR YIGʼININING YАNGI BINOSI FOYDАLАNIShGА TOPSНIRILDI

×

 2024-08-28 14:56:38    47

PDF yuklash
Chop etish


Mustaqillik obʼektlari

✅Rishton tumanidagi 71 ta mahalla fuqarolari yigʼini binolari zamonaviy koʼrinishga ega boʼlib bormoqda. Bu esa mahallalarning har bir sohada rivojlanishini kafolatlashga bir omil boʼladi. Buguning talabiga aylangan zamonamizga mos va hos, shart-sharotlarni yaratish toʼgʼri maʼnoda suv va havo kabidir. 
✍️ Bugun, 28 avgust kuni Vatanimiz mustaqilligini 33 yilligi munosabati bilan 4-sektor hududidagi “Chek Jalaer” mahalla fuqarolar yigʼinining yangi binosi foydalanishga topshirildi. 
✅ Ushbu tadbirda tuman hokimi, sektor rahbarlari, tuman hokimi oʼrinbosarlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri, Mahallalar uyushmasi boʼlimi xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda mahalla va jamoat faollari, nuroniylar ishtirok etdilar.
???? Tadbirni tuman hokimi B. Xoliqov ochib berib, oʼz soʼzida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi hamda muhtaram Prezidentimiz tomonidan mahalla tizimiga berilayotgan eʼtibor, ushbu tizimda faoliyat olib borayotgan mutasaddilar, fuqarolar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan birga ularning ham zimmasiga yuklatilayotgan masʼuliyat xususida alohida toʼxtaldi.
✅ Binoning ochilishi uchun nuroniy otaxonlar ishtirokida ramziy bogʼich qirqilib, tadbir ishtirokchilari bino ichkarisiga taklif etildi. Bu maskanda mahalla aholisi va ushbu mahalla binosida faoliyat koʼrsatuvchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
✍️ Tadbir ishtirokchilari mahalla binolarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekanlar, qoʼllarini duoga ochib, mahalla xalq bilan davlat oʼrtasida koʼprik boʼlib, tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlashi, jamiyatimizning yuzi, vijdoniga aylanishi kerakligini aytib oʼtdilar.
✍️ “Chek Jalaer” mahalla fuqarolar yigʼini yangi binosi xomiylik mablagʼlari evaziga qoʼrib bitkazildi. Binoda mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektori uchun alohida xonalar qurildi. Har bir xodim uchun ajratilgan xonalar zamonaviy jihozlar bilan taʼminlandi. 
✅ Maʼlumot oʼrnida shuni taʼkidlash joizki, mahallalar jamiyatda tinchlik-totuvlik, oʼzaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar jipsligini taʼminlash, sogʼlom va barkamol avlodni tarbiyalash, joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda eng muhim maskandir.


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab