HАSНАR — HАMJIHАTLIK, OBODLIK VА FАYZU BАRАKА OMILI

×

 2024-08-24 13:03:35    116

PDF yuklash
Chop etish


“Bir boʼlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” 
Xalqimizda dunyoning boshqa xalqlari oʼrganadigan, havas qilsa arziydigan qadriyatlari, urf-odatlaridan biri — bu hashardir. Hasharda tozalik, ozodalik, koʼchalarni obod qilish, daraxtlarga ishlov berish, atrof-muhitni ozoda-sarishtaligini taʼminlash kabi ishlar bajariladi. Rishton tumanida mustaqilligimizning 33 yilligini keng nishonlash, hududlar obodligi va aholi farovonligini oshirish maqsadida “Bir boʼlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida hasharlar uyushtirilib, koʼcha va qishloqlar, koʼp qavatli uylar atrofi hamda tuman markazida obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Tumandagi mahalla faollari hasharda ishtirok etib, hamjihatlikda koʼplab mahalla hududlarini obod qilishga kirishdilar.Nuroniylarimiz yurt tinchligi abadiy, bu kabi bunyodkorliklar bardavom boʼlishini soʼrab, duoga qoʼl ochishdi.Tumanimiz boʼylab keng koʼlamli obodonlashtirish, hashar ishlari davom ettirilmoqda.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab