Tashabbusli byudjet: Chek Jalaer mahallasidagi ichki koʼchalarni asfalьtlash ishlari yakuniga yetmoqda

×

 2024-08-19 10:29:03    56

PDF yuklash
Chop etish


✅ Rishton tumanida tashabbusli byudjet asosida olib borilayotgan ishlar hududlarning ijtimoiy va iqtisodiy holatini yanada yaxshilashga xizmat qilyapti. Mazkur loyihada oʼz tashabbuslari bilan faol qatnashgan mahallalardagi yoʼl, ichimlik suv, elektr taʼminoti bilan bogʼliq muammolar bosqichma-bosqich oʼz yechimini topmoqda.
☸️ «Chek Jalaer» mahalla fuqarolar yigʼini aholisi ham mazkur loyihada faol ishtirok etib, koʼplab tashabbuslarining gʼoliblar qatoridan oʼrin olishiga erishishdi.Hududdagi aholini uzoq yillardan beri ichki yoʼlllardagi noqulayliklar qiynab kelardi. Bu esa aholining haqli eʼtiroziga sabab boʼlardi. Ushbu muammoga esa tashabbusli byudjet jarayoni yechim boʼlmoqda.
???? Mahalla aholisining ichki koʼchalarni asfalьtlashtirish yuzasidan ilgari surilgan tashabbusni amalga oshirish uchun mablagʼ ajratilib, Chek Jalaer MFY hududidagi koʼchalarda asfalьtlash ishlari yakuniga yetmoqda
- Prezidentimiz tashabbusi bilan mahallalardagi infratuzilma uchun “Tashabbusli byudjet” orqali aholi ovoz bergan loyihalarga ajratilishi belgilangani bigza qoʼl kelmoqda, deydi “Chek Jalaer” mahalla fuqarolar yigʼini raisi – Zokirjon Haydarov. - Muhimi, “Tashabbusli byudjet” – mamlakatimizda yosh avlod kamoli yoʼlida olib borilayotgan yangilanish hamda islohotlarga hamohang loyiha ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Аynan “Tashabbusli byudjet” tufayli mahallamiz imkoniyatlari infratuzilma yaxshilanmoqda.


Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati


<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab