MISKIN MFYDA ELEKTR TA’MINOTI YANADA YAXSHILANMOQDA

×

 2024-08-13 08:35:02    122

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimizda aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, tizimdagi mavjud muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor berilmoqda.Tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish dasturiga asosan elektr tarmoqlarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.Aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha ob’yektlarida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun hududlarga yangi tayanch ustunlari keltirilib, qo‘shimcha havo tarmoqlari tortilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 17 iyuldagi "2024 yilda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi" PQ-259 sonli qaroriga asosan, Miskin MFY hududida keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. 

– Natijada elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha aholini qiynab kelayotgan muammolar bartaraf etilmoqda, deydi “Miskin MFY raisi Madaminjon Dehqonov. – Oltin vodiy va Olmazor ko‘chalari hududidagi 265 ta iste’molchilarni elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida  141 dona temir-beton tayanchlar yangi o‘rnatish va 2 dona (250kVA, 250kVA) bo‘lgan transformator punktini o‘rnatish hamda 4,5 km uzunlikda elektr tarmoqlarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.  

Umuman, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, belgilangan dasturlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijasida ko‘plab mahallalarda elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanmoqda.  

Aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, mazkur yo‘nalishdagi ishlar sifatini yanada yaxshilash, dasturlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida  Rishton tuman elektr ta’minoti korxonalari mutaxassislari tomonidan hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda.

– Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida belgilangan dasturlar doirasida joylarda keng ko‘lamli qurilish, ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda, – deydi Rishton tumani elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Rustamjon Dodoqo‘ziyev. – Maqsadimiz tuman aholisini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlashga erishishdir. 

Rishton  tumani “Miskin” mahalla fuqarolar yig‘inida 5 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Keyingi yillarda hududda birmuncha tashabbuslar, loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘z o‘rnida amalga oshirilayotgan bunday ijobiy ishlardan hudud aholisi birdek mamnun.


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab