Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi

×

 2024-08-09 12:01:56    172

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq yetmish ikkinchi sessiyasi o‘tkazildi. Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Deputatlar sessiya kun tartibiga kiritilgan birinchi masala -Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni hududiy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishdi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi Rishton tumani adliya bo‘limining tumandagi davlat   organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2024 yil 2-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida bo‘lim boshlig‘i I.Isaqov axboroti tingladi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar tomonidan javoblar berildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan qaror loyihalari deputatlar tomonidan tasdiqlandi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab