M. TOPVOLDIEVNI XOTIRLАB...
2024-08-08 14:31:46 117
Belarus Respublikasi vakillari tumanimizda boʼldi
BugunBelarus Respublikasi Mogilyov viloyati Krugloe tumani delegatsiyasi Rishton tumanida boʼlib, Ikkinchi jahon urushi Qahramoni Mamadali Topvoldiev muzeyida boʼlishdi va oila aʼzolari bilan uchrashishdi.
Delegatsiya aʼzolari – Viia Gapaeva -“Kruglyansk tuman tarix-oʼlkashunoslik muzeyi” direktori, Аnna Mesheryakova - Belarus Respublikasi vakili, Аbdulatif Rahimov -Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi "Gʼalaba bogʼi" yodgorlik majmuasining "Shon-sharaf muzeyi" yetakchi mutaxassisi, Toʼlqin Zohidov -tarix fanlari kandidatlarni dastlab tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov kutib oldi.
Shundan soʼng, delegatsiya vakillari - Ikkinchi jahon urushi Qahramoni Mamadali Topvoldiev xonadonida boʼlishib, uning farzandlari, oila aʼzolari bilan bir piyola choy ustida suhbat olib borishdi. Deletsiya vakillari tomonidan Ikkinchi Jahon urushi qahramoni qabrini ziyorat qilindi va gulchambarlar qoʼyilib, hurmat bajo keltirildi. Shuningdek, Zohidon MFY hududida joylashgan Mamadali Topvoldiev memorial muzeyida boʼlishdi.
Uchrashuvlarda rishtonlik partizan-Qahramon, "Kazbek" laqabi bilan dovrugʼ qozongan M.Topivoldievning Ikkinchi jahon urushida koʼrsatgan qahramonliklari, belarus oʼrmonlarida partizanlar harakatiga rahbarlik qilib, misli koʼrilmagan qoʼporuvchilik harakatlari, bosqinchilar ustidan qozonilgan gʼalabaga salmoqli hissa qoʼshgan razvedkachi jangchining urushdan keyingi yillarda xalq xoʼjaligi sohasidagi xizmatlari xususidagi gapirib oʼtildi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi