Bosh prokuror o‘rinbosari tomonidan qurilishga oid davlat dasturlari ijrosi o‘rganildi

×

 2024-08-07 14:27:49    83

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda Bosh prokuror o‘rinbosari S.I.Samadov tomonidan Farg‘ona viloyatida qurilishga oid davlat dasturlari, byudjet xarajatlarini optimallashtirish va boshqa dolzarb topshiriqlar ijrosi o‘rganilmoqda.
Jumladan, bugun Rishton tumanida bo‘lishib tuman sektor rahbarlari bilan birgalikda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25dekabrdagi “2024 — 2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-404-sonli qarori ijrosi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. 
Xususan, “To‘da” MFYdagi “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasidagi asfaltlash ishlari,  “Yuqori Avazboy" MFYdagi yangi qurilayotgan 220 o‘rinli umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi qurilish ishlari,  “Mevazor” MFYdagi umumiy o‘rta ta’lim maktabining qish-ko‘z mavsumiga tayyorgarligi,  “Navbahor” MFY hududidagi bosh suv inshootidan ichimlik suv tarmog‘i va inshootini  “Bog‘iston”  URV inshootiga ulash ishlari, 61- umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi 220 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilish  ishlari hamda “Bo‘jay” MFYdagi 46-sonli oilaviy poliklinikasi binosida amalga oshirilayotgan qurilish jarayonlari o‘rganildi.
Qaror bo‘yicha tumandagi Maktab va maktabgacha ta’lim ob’yektlaridagi rekonstruksiya qilish hamda qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi va pudratchi, loyihachi hamda buyurtmachilarga ob’yektlarni sifatli va vaqtida topshirish choralarini ko‘rish buyicha topshiriqlar berildi.
Qurilishni qisqartirilgan tarmoq jadvalida belgilangan muddatda yakunlash, buning uchun ishchi kuchi va maxsus texnikalar sonini ko‘paytirish, sifatsiz bajarilgan ish turlarini bartaraf etish hamda ishchilarni rasmiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.


<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab