Sektor rahbari yoshlar bilan uchrashdi

×

 2024-08-05 15:03:33    100

PDF yuklash
Chop etish



Rishton tumanida sektor rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuvlar va ochiq muloqotlar davom etmoqda.
Bugun Rishton tumani DSI boshligʼi, 4-sektor rahbari Saidaxon Nurmatova 4-sektor hududidagi yoshlari faoliyati, qiziqishlari, takliflari bilan tanishish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash va hal qilish maqsadida yoshlar bilan uchrashdi.
Erkin, oʼzaro ochiq muloqot shaklida oʼtgan uchrashuvda sektor rahbarlari yoshlarning taklif va muammolarini oʼrgandi, ularni oʼylantirayotgan masalalar bilan qiziqdi. 
Uchrashuvda, asosan, yoshlarning mutaxassisligi boʼyicha ishga joylashish, taʼlim krediti ajratish, bolalar nafaqasi olish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, oliy oʼquv yurtlari yotoqxonalariga joylashish kabi masalalar bilan bogʼliq murojaatlari eshitildi. 
Yoshlar tomonidan koʼtarilgan shu kabi masalalar va tashabbuslarga aniq hamda atroflicha javob berilib, ularning yechimi yuzasidan shu joyning oʼzida zarur chora-tadbirlar belgilandi. Muddat talab etadigan murojaatlar esa tegishli masʼullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab