Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi

×

 2024-08-02 12:56:50    69

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq yetmish birinchi sessiyasi o‘tkazildi. 
Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador mansabdor shaxslar ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibida:
-Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashidagi deputatlik o‘rinlari sonini belgilash va tuman saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish
-2024 yil 1-yarim yilligi davomida tumanda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rishton tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Sh. Rahimov axboroti
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.01.2019 yildagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-sonli Qarori ijrosi yuzasidan sektor rahbarlari tomonidan joriy yilni 2-choragi davomida hududlarda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari
-Tuman xududida qonuniylik ahvoli hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida 2024-yilni 1-yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Rishton tuman prokurori R. Mehmonov axboroti. 
- 2024 yilni 1-yarim yilligida tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish va unioldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman IIB boshlig‘i Sh. Mavlonov hisoboti
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.11.2020-yildagi PF- 6118-sonli Farmonning 4.1 bandi ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi xuzuridagi majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi Rishton tuman bo‘limi tomonidan 2024-yil 6 oyi davomida amalga oshirilganishlar tug‘risida MIB boshlig‘i S.Qurbonov axboroti
-“O‘zbekiston-2030” strategiyasi “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlashyili” da amalga oshirishga oid yil dasturining 6 oylik ijrosi to‘g‘risidatuman hokimi o‘rinbosari Z.Umarov hisoboti
- O‘zbekiston Respublikasi prezidentining virtual va xalq qabulxonalari orqali tuman hokimligiga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini kurib chiqish holati to‘g‘risida tuman hokimligi Devonxona bo‘lim mudiri J.Matislomov axboroti
-Rishton tuman mahalliy byudjetning 2024 yil 2-chorak daromadlar rejasidanortirib bajarilgan qismi hisobidagi mablag‘lardan foydalanish -2024 yil 2-chorak davomida tuman mahalliy byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasiga kiritilgan o‘zgarishlari -tuman mahalliy byudjetiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i I.Djo‘rayev hisoboti (axboroti).
-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16- oktyabrdagi “Geografik ob’yektlarning nomlari to‘g‘risida”gi 295-sonli qarori ijrosi doirasida Rishton tumani hududidagi ziyoratgoh va qabristonlar nomini davlat reyestriga kiritish
-Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi kotibiyatining ichki mehnattartib qoidalarini tasdiqlash
- boshqa masalalar
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar tomonidan javoblar berildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan qaror loyihalari deputatlar tomonidan tasdiqlandi.


<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab