Mahalla-taʼlim muassasasi hamkorligining samarasi
2024-07-17 16:11:47 105
Inson avvalo oila bagʼrida unib-oʼsadi, shaxs sifatida shakllanadi. Oiladagi taʼlim-tarbiya, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar keyinchalik odamlar orasida - mahalla-koʼyda, taʼlim muassasalarida sayqal topadi. Shunday ekan, vatanimiz va xalqimizning ertangi kunini, jahon hamjamiyatidagi obroʼ-eʼtiborini belgilovchi barkamol avlodni voyaga yetkazishdek ulugʼ vazifani oila-mahalla-taʼlim muassasasi hamkorligisiz hal etib boʼlmaydi desak, ayni haqiqatni aytgan boʼlamiz.
Yurtboshimiz tashabbusi bilan mahallalarda faoliyat yuritayotgan yettilik tomonidan taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ishni tashkil etish yoʼlga quyildi.
Taʼlim-tarbiya haqida gap ketganda, mahallaning roli va taʼsiri toʼgʼrisida toʼxtalmay ilojimiz yoʼq. Bejiz «Mahalla — ham ota, ham ona» deyilmagan. Oʼzaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik kabi xalqimizga xos urf-odat va anʼanalar aynan mahalla muhitida rivojlangan. Bular esa yosh avlodning ongu tafakkurini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Demak, farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasida mahallaning oʼrnini hech narsa bilan tenglashtirib boʼlmaydi.
Bugun Rishton tumanidagi 38-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida Quyi Аvazboy MFY profilaktika inspektori Shukurullo Ergashev ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda muassasa tarbiyalanuvchilari tomonidan sahna koʼrinishi namoyish etilib, jajji bolajonlarning qiziqarli savollariga javob berdi. Ushbu uchrashuv bolajonlarlar olam-olam taassurotga ega boʼlishdi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi