“Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili bilan dehqonchilik qilish, salmoqli daromad kafolatidir
2024-07-15 16:29:40 117
Rishton tumanida ham “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida hududlarda tuproq iqlim sharoiti, fuqarolarning dehqonchilik madaniyati hamda ichki iste’mol bozorlarida aholining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib qishloq xo‘jalik ekinlari joylashtirilmoqda.
Jumladan, Rishton tumanining Oq oltin mahalla fuqarolar yig‘ini xududidagi 60426-konturda “E-Auksion” dasturi orqali ochiq tanlovda g‘olib bo‘lgan 78 nafar fuqarolarga dexqon xo‘jaliklari yuritish uchun 10,9 gektar maydon mahalladagi hokim yordamchisining ko‘magida 14 sotixdan taqsimlab berilgan edi.
“Agrobank” tuman bo‘limi va eksportyor tadbirkor “Olmazor fayz Javohiri” oilaviy korxonasi rahbari Akmaljon Po‘latovlar tashabbusi bilan “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida ushbu yer maydonida qalampir yetishtirish bo‘yicha ijara shartnomalari tuzilib, 78 nafar fuqaroning daromad olishi ta’minlandi.
- “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyilining joriy qilinishi ayni muddao bo‘ldi, deydi “Olmazor fayz Javohiri” oilaviy korxonasi rahbari Akmaljon Po‘latov. – Mehnatimiz samarasi ko‘rina boshladi. Hisob kitobimizga ko‘ra, 14 sotix yerdan fuqarolar birinchi hosilning o‘zidan 22 million so‘mgacha daromad oladi. Ikkinchi hosildan esa 28 million foyda olishni kuzlyapmiz.
Aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, aholiga agrar tarmoqda o‘z biznesini tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi