Bosh prokuror oʼrinbosari "kichik sanoat zonasi"dagi tadbirkorlar bilan uchrashdi

×

 2024-07-10 08:31:28    156

PDF yuklash
Chop etish


Xabar berib oʼtganimizdek, Rishton tumanida boʼlgan Bosh prokuror oʼrinbosari Sh.А.Аminov rahbarligida tuman prokuraturasi binosida kommunal soha vakillari ishtirokida elektr energiyasi hamda tabiiy gazdan oqilona foydalanish, energiya isteʼmolidagi tejamkorlik masalalariga bagʼishlangan tezkor yigʼilish oʼtkazilib, sohada masʼul rahbarlarga zarur topshiriqlar berilgandi.Shundan keyin Bosh prokuror oʼrinbosari Navbahor mahalla fuqarolar yigʼinida joylashgan “kichik sanoat zonasi”dagi ishlar bilan tanishdi.  Soʼnggi paytlarda tumanimiz aholisini biznesga jalb qilish va ijtimoiy himoya qilishda yangi “oʼsish nuqtalari”ni aniqlash hamda drayver sohalarda oilaviy tadbirkorlik va xizmat koʼrsatish loyixalarini amalga oshirishga eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, “Navbahor” MFY hududidagi kichik sanoat zonasida tashkil etilgan sanoat korxonalari faoliyati yoʼlga qoʼyilgan boʼlib, bugungi kunda yuzdan ortiq korxonalar faoliyat yuritmoqda. Bosh prokuror oʼrinbosari ushbu kichik sanoat zonasida boʼlib, tadbirkorlar bilan ham uchrashdi.Ularning murojaatlarini tingladi. Mahsulotlarni yana sifatini oshirish va eksportni koʼpaytirish borasida tavsiyalar berdi. Shuningdek tadbirkorlarning takliflarni ham tingladi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab