TADBIRKORLAR QABULI O‘TKAZILDI
2024-07-04 17:14:28 149
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish va muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida Rishton tumani Tadbirkorlar palatasi majlislar zalida, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi "O‘zbekiston ilmiy sinov va nazorat markazi direktori Javlon Kattaxo‘jayev va mas’ul rahbarlar ishtirokida tadbirkorlar uchun qabul o‘tkazildi.
Qabulda tadbirkorlik sub’yektlari vakillari, yangi biznes loyiha va rejalar ustida izlanayotgan tashabbuskor tadbirkorlarning murojaatlari tinglandi. Tadbirkorlar murojaati yuzasidan yer ajratish, infratuzilma, eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, transport-logistika, tadbirkorlik faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan ko‘plab masalalar yechimiga qaratilgan.
Unda 20 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi. 10 ta tadbirkorlikni kengaytirish hamda yangi ishchi o‘rinlar yaratish uchun kredit olish va yer maydoni ajratish, sifat sertifikatini olish kabi masalalarda murojaatlar qilindi.
Murojaatlarning aksariyatini joyida hal etilishiga e’tibor qaratildi. Muddat talab etuvchi murojaatlar ijrosi nazoratga olinib, vakolatli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun yo‘naltirildi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi