Davlat mukofoti sohiblari bilan uchrashuv

×

 2024-07-02 09:12:39    136

PDF yuklash
Chop etish


Ma’lumki,  yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh mamlaaatimiz yoshlari turli darajadagi davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi.  Xususan,  Rishton o‘g‘loni Davlat Xavfsizlik Xizmati xodimi Sodirjon Mahmudov Abdullajon o‘g‘li "MARD O‘GʻLON " Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Yana bir tumandoshimiz «Xoliqov Yo‘lchiboy» fermer xo‘jaligi boshlig‘i  Xoliqova Gulira’no Yulchiboy qizi esa «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlandi. 
Bugun tuman hokimligi majlislar zalida yuksak mukofot sohiblari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 
Ushbu uchrashuvda tuman hokimi, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. 
Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi barcha yoshlarga davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan e’tibor haqida alohida to‘xtalib,  yoshlarga davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan bu cheksiz e’tibordan nishona ekanligini ta’kidladi. 
Uchrashuv davomida Davlat mukofoti sohiblari tuman hokimining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 120 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab