Rishton tumanida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali o‘tkazildi

×

 2024-06-27 20:38:33    53

PDF yuklash
Chop etish


30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan yoshlar festivali Rishton tumanida ham yuqori saviyada, ko‘tarinkilik bilan tashkil etilmoqda. Mazkur festival doirasida qator loyihalar, intellektual tanlovlar, konsert dasturlari, ijodiy uchrashuvlar, sport musobaqalari tashkil etilmoqda.Bugun tuman markaziy o‘yingohida yoshlar festivali doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida katta gala-konsert bo‘lib o‘tdi.Tantanali tadbirda tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov ishtirok etib, festival qatnashchilarini hamda yoshlarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan samimiy qutladi. Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimiz yoshlari o‘z iqtidor va salohiyatini namoyish etishi, jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini alohida ta’kidladi.Prezidentimizning “Yangi O‘zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz” degan so‘zlari har bir yosh, barkamol avlod uchun ozod va obod Vatan qurish, erkin va farovon hayot barpo etish yo‘lidagi ezgu maqsadlariga turtki bo‘lishi qayd etildi.Tadbir davomida turli musobaqalarda g‘olib bo‘lgan bir guruh yoshlar tuman hokimligining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.Valijon Qodirov, Izzatek Qo‘qonov,  Nodir Xolboyev, Nuriddin Bo‘tabekov, Jo‘rabek Qodirov, Mamirjon Mirzayev kabi taniqli estrada yulduzlari hamda tumanimizning el suygan san’atkorlari ishtirokidagi musiqiy chiqishlar kechaga o‘zgacha fayz kiritdi.Rishtonlik minglab yoshlar va keng jamoatchilik vakillari katta ishtiyoq bilan tomosha qilgan konsert dasturi yakunida namoyish etilgan mushakbozlik esa tadbir ishtirokchilariga yanada hush kayfiyat ulashdi.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab