RISHTONDA FRONT ORTI QATNASHCHILARI VA YAKKA YOLGʻIZ KEKSALARGA EHTIROM KO‘RSATILDI
2024-06-15 15:16:03 123
So‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan keksa avlod vakillariga ehtirom ko‘rsatish, ularni e’zozlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu bejizga emas, albatta. Chunki keksa-nuroniylar xonadonimiz ko‘rki, dasturxonimizni esa fayzu-barakotidir. Ularning qilgan xayrli duosi hayotimiz, oilalarimiz, Vatanimiz hamda yo‘limizni nurafshon etib turadi va yaxshi ishlarga undaydi.
Darhaqiqat, yoshi ulug‘ otaxon-u moʻtabar onaxonlarimizni e’zozlash va ularni qadrlash, ularning hurmatini o‘rniga qo‘yish bizning uzoq asrlik urf-odatlarimiz, milliy an’analarimiz hamda yashash tarzimizning ajralmas bir bo‘lagiga aylangan desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu birinchi navbatda keksa avlod vakillariga bo‘lgan g‘amxo‘rlik va e’tiborni kuchaytirish bo‘lsa, ikkinchidan yosh avlod uchun ulkan tarbiya va tajriba maktabi bo‘ladi.
Keksalarni e’zozlashdek xalqimizga xos qadriyat azaldan millatni bir-biriga jipslashtirish, odamlar orasida mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilganligiga ko‘xna tariximiz guvohdir.
Shu fikrlarga hamohang holda davlatimiz tomonidan keksalarni e’zozlash, ijtimoiy muhofaza qilish borasida yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelinayotganini alohida qayd etish lozim.
Qurbon hayiti bayrami arafasida tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov, tuman hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M. Bekmirzayeva, tuman hokimi maslahatchisi "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i T. Abdurahmonovlar Rishton tumanida istiqomat qilayotgan va front ortida mehnat qilgan faxriylar va yakka yolg‘iz keksalar holindan xabar olishdi.
Nuroniy otaxon-onaxonlarimiz bugun naqadar baxtli, chunki keksalik davrlarini totuvlikda, farog‘atda o‘tkazishmoqda.
Uchrashuvlar davomida qahramonlarimiz bilan samimiy suhbatlar qurildi, ularga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi