Tuman hokimi "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etdi

×

 2024-05-25 10:58:53    74

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda yana bir o‘quv yili tugab, umumta’lim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi.Rishton tumanidagi barcha ta’lim muassasalarida dillarga o‘zgacha shukuh, qalblarga olam-olam hayajon soladigan, bir umr esda qoladigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Ana shunday tadbirlardan biri tumanimizdagi 29 -  umumta’lim maktabida tashkil etildi. Maktab bitiruvchilariga davlatimiz rahbarining yo‘llagan tabrigi ular qalbida unutilmas taassurotlarga boy va yodda qolarli bo‘ldi.Tuman hokimi Bahodir Xoliqov mazkur ta’lim maskanida "Ilm saodat kaliti" shiori ostida o‘tkazilgan "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etib, Prezidentimizning bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Ular bilan suhbatlashib, yigit-qizlarning orzu-niyatlari, maqsadlari bilan tanishdi.Shuningdek, bir guruh o‘qituvchilarga faxriy yorliq va tashakkurnomalari topshirildi.Tadbirda ishtirok etgan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar va o‘qituvchilar ham bitiruvchilarni tabriklab, ularga kelgusi ish va o‘qishlariga omad va zafarlar tiladilar.

Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 117 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab