Vobkent tumani delegatsiyasi Rishton tumanida bo‘ldi

×

 2024-05-24 13:40:48    66

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Buxoro viloyati Vobkent tumani hokimining investisiya bo‘yicha urinbosari B.Yusupov, Fermer dehqon xujaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.Mirakov hamda hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilaridan 14 nafardan iborat mutaxasisilar tumanimizda bo‘lishdi.  
Delegatsiya a’zolari dastlab Xurramobod mahallasidagi quruq mevalar eksporti bilanshug‘ullanadigan xonadonlarda bo‘lishib,  tadbirkorlar bilan suhbatda bo‘lishdi.  
Delegatsiya vakillarining keyingi manzili Qayrag‘och mahallasi bo‘ldi.  Vobkentliklar bu yerda tomorqachilik bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirishdi.  
“Qayrag‘och” mahallasida 592 ta xonadon, 3 344 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahalla asoan sabzavotchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan.
Mahalladagi 592 ta xonadonda jami 92.5 gektar aholi tomorqa mavjud. Ushbu xonadonlarning 266 tasida issiqxonalar mavjud. Issiqxonalarda ko‘kat, bodring, pomidor, karam mahsulotlari yetishtiriladi. Bundan tashqari, har bir honadonlarda 3-5 sotixli uzumzorlar mavjud. Aholining qolgan ochiq tomorqa maydonlarida qizil lavlagi, turp, sholg‘om, pomidor va boshqa daromadbop mahsulotlar yetishtiriladi. 
Mahalladagi har bir xonadon o‘z tomorqasidan bir yil davomida 3-4 marta xosil olish orqali o‘rtacha bir yil davomida eng kamida 60 mln.so‘m, eng ko‘pi bilan o‘rtacha hisobda 100 mln.so‘mgacha daromad olishiga erishadi. 
Mehmonlar mahalladagi xonadonlarda bo‘lishib, mirishkor dehqonlar bilan suhbatlashishdi.  
Vobkentliklar tashrif davomida -Navbahor MFY hududida joylashgan tadbirkor Qodirjon Qosimov tomonidan barpo etilgan pista plantatsiyasi bilan ham tanishishdi. “Navbahor” MFY hududida suvsiz, toshloq hududda joylashgan mazkur plantatsiyada bir qator samarali ishlar amalga oshirildi. 157 gektar maydonda 141 mingdan ortiq pista ko‘chatlari hamda 54 mingga yaqin o‘rik, gilos, shaftoli, nok ko‘chatlari ekilib, parvarish qilinmoqda. Tadbirkor tomonidan pista va boshqa turdagi ko‘chatlarni invitro usulida yetishtirish laboratoriyasi qurilish ishlari boshlangan.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 116 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab