BRITАNIYАLIK SАYYОHLАRNING HАYRАTI

×

 2024-04-30 10:00:02    173

PDF yuklash
Chop etish


Sayyohlarni lol qoldirayotgan Rishton

Bugungi kunda tumanimizga dunyoning turli mamlakatlaridan sayyohlar kelishi odatga aylangan, desak mubolagʼa boʼlmaydi. Ularning barchasi Rishton tumanidan katta taassurot bilan oʼz yurtlariga qaytib ketishmoqda. 
Tumanimizga Buyuk Britaniyadan tashrif buyurgan mehmonlar dastlab Аr-Roshidoniy ziyoratgohi va Xoʼja Ilgʼor masjidida boʼlishib, bu yerdagi tarixiy saqlanib qolgan joylarini kuzdan kechirishdi.
Shundan soʼng, "Mingboshi keramik" kulolchilik muzeyida boʼlgan britaniyaliklar, kulolchilik mahsulotlari bilan tanishishdan tashqari, tayyorlash jarayonlarini ham maroq bilan tomosha qilishdi. Muzeyda murakkab hamda nafis naqshlar, oʼziga xos uslubda yaratilgan, tabiat manzaralari tushirilgan turli koʼrinishdagi serjilo idishlar va kulolchilik buyumlari joylashgan.Ushbu tashrif xorijlik sayyohlarda katta taassurot qoldirdi. Ular rishtonlik usta kulollar tomonidan yaratilgan bir-biridan goʼzal sanʼat asarlarini katta qiziqish bilan tomosha qilar ekan oʼzlarining hayratlarni yashira olishmadi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab