Batken tumani hokimi boshchiligidagi delegatsiya Rishton tumanida bo‘ldi

×

 2024-04-22 10:30:39    174

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Qirg‘iziston Respublikasi Batken tumani hokimi Uchkun Joroboyev boshchiligidagi delegatsiya Rishton tumanida bo‘ldi.
Delegatsiya a’zolari Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov va tuman sektorlari rahbarlari tomonidan kutib olindi.
Batkenlik mehmonlar dastlab Mingboshi keramik kulolchilik klasteri tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ishlar bilan tanishishdi. Shokirjon Ahmadjonov rahbarligidagi korxona faoliyati Qirg‘iziston delegatsiyasi vakillarida katta taassurot qoldirdi.
Delegatsiya vakillari Rishton tumanidagi "Kosto Line Holding" xorijiy korxonasi va Qodirjon Qosimov tomonidan barpo etilayotgan pistachilik plantatsiyasida ham bo‘lishib,  bu yerdagi jarayonlari bilan tanishishdi.  
Tashrif davomida tadbirkorlar o‘zaro hamkorlik borasida ham kelishuvga erishishdi.

Rishton tuman hokimligi axborot xizmati.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab