TUMAN HOKIMI "DUTIR" MFYDAGI JARAYONLAR BILAN TANISHDI

×

 2024-04-19 15:22:05    185

PDF yuklash
Chop etish


Rishton  tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov mahallalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, aholi turmush sharoitlari bilan tanishish maqsadida  “Dutir” mahallasida bo‘ldi.
Ushbu mahallada bo‘lgan tuman hokimi mahalladagi “yettilik” – mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektori, ijtimoiy xizmat xodimi, soliq inspeksiyai xodimining faoliyati bilan tanishdi. 
Tuman hokimi mazkur mahallada yashovchi fuqarolar oilasi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan daromadni qanday topayotganini xonadonbay o‘rgandi.
Tomorqachilik yunalishi bo‘yicha xonadon egalari bilan suhbat olib borgan tuman hokimi ularning daromadni oshirish uchun eksportbop mahsulotlar yetishtirish yuzasidan xonadon egalariga kerakli maslahatlarni berdi. 
Tashrif davomida shuningdektuman hokimi fuqarolar bilan suhbatlashib, ularning muammolari bilan tanishdi.

Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab