IIBda yoshlar uchun «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etildi

×

 2024-04-18 14:58:21    195

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Sh.Mavlonov tashabbusi bilan 3-sektor hududidagi otaliqqa olingan yoshlar va maktab o‘quvchilari uchun tuman IIB binosida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi. 
O‘g‘il-qizlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash,  nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirni tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari, podpolkovnik Shavkat Mavlonov ochib berdi.
Shu kuni yoshlarga IIB faoliyati, yo‘nalishlari, maxsus vositalar, moddiy-texnik bazasi hamda «Vatanparvarlik burchagi» to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Ishtirokchilar  xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumotlarga ham ega bo‘lishdi. 
Tadbir davomida o‘quvchilar huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, fosh etish, tergov-surishtiruv, ekspert kriminalistika, xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. 
Shuningdek, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan javoblar olishdi. 
Tadbir davomida yoshlarga IIB xodimlariga biriktirilgan maxsus vositalar va jangovor qurollar namoyish qilinib, ularning xususiyatlari to‘g‘risida batafsil axborot berildi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab