TUMAN HOKIMI "YOYILMA" MFYDAGI JARAYONLAR BILAN TANISHDI
2024-04-03 08:56:42 150
Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov mahallalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, aholi turmush sharoitlari bilan tanishish maqsadida “Yoyilma” mahallasida bo‘ldi.
“Yoyilma” mahallasida bo‘lgan tuman hokimi mahalladagi “yettilik” – mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektori, ijtimoiy xizmat xodimi, soliq inspeksiyai xodimining faoliyati bilan tanishdi.
Tuman hokimi mazkur mahallada yashovchi fuqarolar oilasi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan daromadni qanday topayotganini xonadonbay o‘rgandi.
Tomorqachilik yunalishi bo‘yicha xonadon egalari bilan suhbat olib borgan tuman hokimi ularning daromadni oshirish uchun eksportbop mahsulotlar yetishtirish yuzasidan xonadon egalariga kerakli maslahatlarni berdi.
Shundan so‘ng tuman hokimi ko‘p tarmoqli tadbirkor Haydarali Ergashevni hovlisida tashkillangan limonariya va issiqxonasi bilan tanishdi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi