Fermer xo‘jaliklariga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan murojaat yetkazildi

×

 2024-04-01 08:43:41    84

PDF yuklash
Chop etish


So‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish, o‘simliklarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish – xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri. Zero, o‘zimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tufayli ko‘nglimiz shodlikka to‘ladi, turmushimiz fayzli va farovon bo‘ladi. 
Bugun tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov boshchiligida sektor rahbarlari tomonidan har bir hududdagi fermer xo‘jaliklari ishtirokida amaliy seminar o‘tkazilib, davlatimiz rahbarining 29 mart kungi videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlari hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar hamda ustuvor vazifalar yuzasidan murojaat yetkazildi.  
Hususan dala chetlariga daraxt ekish, tokzorlar tashkil etish, mevali, manzarali va tut ko‘chatlari ekish, tumanimizni bog‘ ichidagi ko‘rkam bir go‘shaga aylantirish har birimizning burchimiz ekanligi ta’kidlandi.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 100 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab