TUMAN HOKIMI "CHUBURGʻON" MFYDAGI JARAYONLAR BILAN TANISHDI

×

 2024-03-30 15:34:26    158

PDF yuklash
Chop etish


Rishton  tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov mahallalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, aholi turmush sharoitlari bilan tanishish maqsadida bugun  “Chuburg‘on” mahallasida bo‘ldi.
“Chuburg‘on” mahallasida bo‘lgan tuman hokimi mahalladagi “yettilik” – mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektori, ijtimoiy xizmat xodimi, soliq inspeksiyai xodimining faoliyati bilan tanishdi. 
Tuman hokimi mazkur mahallada yashovchi fuqarolar oilasi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan daromadni qanday topayotganini xonadonbay o‘rgandi.
Tomorqachilik yunalishi bo‘yicha xonadon egalari bilan suhbat olib borgan tuman hokimi ularning daromadni oshirish uchun eksportbop mahsulotlar yetishtirish yuzasidan xonadon egalariga kerakli maslahatlarni berdi. 
Shundan so‘ng tuman hokimi Bahodir Holiqov va  "Nurnoiy" jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi Tursunxo‘ja Abdurahmonovlar qurilayotgan yangi mahalla guzarini ham kuzdan kechirdilar. Guzar bitgandan keyin bu yerda mahalla faxriylari burchagi hamda mahalla kutubxonasini tashkil etish bo‘yicha maslahatlarni berishdi. 
Tashrif davomida shuningdek tuman hokimi  "Chuburg‘on" mahallasida  sut va sut mahsulotlarini qayta ishlovchi Mirzaqambar Meliboyev  rahbarlik qilayotgan "Roshidon milk" oilaviy korxonasida bo‘lishdi. 
Ushbu korxonada 30 nafar ishsiz yoshlar ish bilan ta’minlangan. Korxonada 40 xil turdagi muzqaymoq ishlab chiqariladi. Bir kunlik ishlab chiqarish quvvati 80 ming donani tashkil etadi. Mart oyining boshida qiymati 2 mlrd. so‘mlik yangi dastgohlar Xitoydan olib kelib o‘rnatildi. 
Yangi liniyani ishga tushirish hisobiga yana qushimcha 30 nafar ishsizlarni ishga joylashtirish imkoniyati yaratiladi. Hozirda ishlarni ikki smenada tashkil qilish rejalashtirilmoqda.Tuman hokimi ushbu tadbirkor bilan suhbatlashib, uning yangi loyihalari bilan tanishdi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab