NURONIYLAR KELISHIB OLDILAR

×

 2024-03-28 11:27:33    47

PDF yuklash
Chop etish


 Bugun Rishton tumani 1- umumta’lim maktabi majlislar zalida “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi tomonidan mahallardagi “Keksalar maslahati” guruhlari rahbarlari va faollar ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda tuman hokimining maslahatchisi, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi rahbari Tursunxo‘ja Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning joriy yil 14 mart kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifiga doirasida Sayxunobod tumanida o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida MFYlardagi “Keksalar maslahati” guruhlari rahbarlarining aholi o‘rtasida keng miqyosda targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan uslubiy qo‘llanmani o‘qib eshittirdi.Seminarda fuqarolarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, ularga zarur ish sharoitlarini yaratib berish, bank kreditlari yordamida turli qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga jalb qilgan holda kambag‘allikdan chiqarish orqali daromadini ko‘paytirishda ko‘pni ko‘rgan keksalarning boy hayotiy tajribalari, maslahatlariga tayanish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.Shuningdek, seminarda mahallalarda aholi tomorqalaridan unumli foydalanish, turli rezavorlar ekish, poliz mahsulotlari yetishtirish, pomidor, bodring kabi aholi dasturxoni uchun kunlik zarur qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.   Seminarda Sayxunobod misolida oilalarni daromadli qilish, investisiya jalb qilish bo‘yicha yangi tizimni mahallalarda yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshiriqlar berildi. Bu ishlar qanday tashkil qilinayotganiga qarab, rahbarlar faoliyatiga baho berilishi qayd etildi.Seminarda mahallardagi “Keksalar maslahati” guruhlari rahbarlarining mavzu yuzasidan fikrlari, takliflari tinglandi.

Rishton tuman hokimligi Axborot xizmati.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab