Dorulomon mahallasida har sohada ishlar qizg‘in kechmoqda

×

 2024-03-27 16:31:13    171

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimizning 1-sektori hududidagi Dorulomon mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilayotgan ishlarni o‘rganish va amaliy ishlar jarayonini ko‘zdan kechirish maqsadida tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Muqaddasxon Bekmirzayeva ushbu mahallada bo‘ldi.
 Mahallada ayni kunda hudud tozaligini ta’minlash va obodonlashtirish yo‘nalishida amaliy ishlar qilinmoqda.
Mahalla hududidagi ekin yer maydonlarida ham ishlar qizg‘in kechmoqda. Ekin yer maydonlarini tayyorlash, ekin ekish ishlari ham o‘rganilib, tomorqachilikni rivojlantirish borasida xonadon sohiblari bilan suhbat qilindi.  Tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham MFY xodimlari ishtirokida o‘rganildi.

Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab