Rishton tumanida Navro‘zi olam tantana qilindi

×

 2024-03-18 14:37:13    57

PDF yuklash
Chop etish


✍️Shu kunlarda yangilanish, yasharish va go‘zallik bayrami, deya nom olgan, har birimizning ko‘nglimizga bahoriy iliqlik hamda go‘zallikni olib kirayotgan sevimli ayyomimiz – Navro‘z tufayli tabiat chiroy ochmoqda.
Bugun Rishton tumani Markaziy o‘yingohida  "Olam nurga to‘lsin sen bilan Navro‘z!" shiori ostida asosiy bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. 
Bayram tadbiri o‘tkazilgan Istirohat bog‘ida milliy urf-odatlarimiz, an’analarimizni o‘zida mujassam etgan Navro‘z ayyomi munosabati bilan ommaviy bayram sayli tashkil etildi. Namoyish etilgan hunarmandchilik mahsulotlari, milliy liboslar, shuningdek, milliy va bahoriy taomlar ko‘rgazmalari yurtimizdagi to‘kinlik, fayzu barakaning nishonasi bo‘ldi.
Tadbirni tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov tabrik so‘zi bilan ochdi. Barchani xalqimizning qadim va navqiron bayrami – Navro‘zi olam bilan muborakbod etdi. Navro‘z bayrami arafasida hududlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ijtimoiy ko‘makka muhtoj kam ta’minlangan, yolg‘iz keksalar holidan xabar olinib, mehr va e’tibor ko‘rsatilmoqda. Xulosa qilib aytganda, ming yillar davomida ma’naviy hayotimizning ko‘rku-ziynati bo‘lib kelayotgan bu ajoyib, hosiyatli bayram bugun qalblarimizga yana cheksiz quvonch va zavq bag‘ishlamoqda.
Bayram tadbiri davomida Bahodir Mamajonov, Valijon Qodirov singari san’atkorlarning tashrifi va ijro etgan qo‘shiqlari tadbir ishtirokchilariga chinakam bayram kayfiyatini ulashdi. 
Bundan tashqari tuman Madaniyat bo‘limi ijodkor va san’atkorlari tomonidan tayyorlangan adabiy-musiqiy dastur yig‘ilganlarga havola etildi. 
Bularning barchasi bu yilgi Navro‘z bayramining yanada fayzli va shukuhli  o‘tishini ta’minladi. Bayram tantanalari mahallalarda, tashkilot va mehnat jamoalarida davom etadi.

Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab