"Qayrag‘och" mahallasida yashovchi har bir oila tomorqasidan mo‘may daromad topib kelmoqda

×

 2024-03-14 15:26:37    172

PDF yuklash
Chop etish


Fuqarolar shaxsiy tomorqalarida issiqxona tashkil etib, o‘rtacha 100 mln so‘m daromad qilishmoqda. Bugun sektor rahbarlari ushbu mahalladagi bir necha xonadonda bo‘lishib, jarayonlarni ko‘zdan kechirishdi.
Ushbu mahallada yashovchi Ilhomjon Tojaliyev xonadonida esa rosmana issiqxona xo‘jaligi tashkil etilgan. 4 sotixlik issiqxonada bodring nihollari baravj rivojlanyapti. Yonidagi 4,5 sotixlik yana bir issiqxonaga esa karam ekilgan. Tadbirkor dehqon karam nihollari orasiga qizilcha urug‘ini ekib chiqqan, ayni kunda qizilcha ham unib chiqib, parvarish qilish boshlangan.
- Ochig‘ini aytsam sizlarga havasim keladi. Siz qayrag‘ochliklarga  - yer bilan tillashib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, issiqxonalarda ertaki hosil olish hadisini olgan mirishkorlar g‘ayratiga ming tahsinlar aytsa, arziydi, deydi tuman hokimi xonadonlarga kirib fuqarolar bilan suhbatlashar ekan.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab