Mehnatdan kelsa boylik...

×

 2024-03-11 08:18:23    85

PDF yuklash
Chop etish


✳️ Bugun yer egalarining dunyoqarashi o‘zgarmoqda. Mehnat qilishda manfaatdor bo‘lishmoqda. Yeng muhimi tomorqasidan unumli foylanmoqda. Ko‘pchilik yaxshigina daromad topmoqda. 
Ayniqsa xonadon a’zolari, xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda. Keyingi vaqtlarda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga ajratilgan maydonlardan samarali foydalanish, ularning huquqlari va qonuniy mafaatlarini himoya qilish , qishloq aholisini bandligi va turmush darajasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.Qishloq joyida tomorqadan unumli foydalanib, har qarich ekin yerini bo‘sh qoldirmay, halol-pokiza mehnati orqasidan mo‘may foyda orttirayotgan xo‘jaliklar safi kengaymoqda. 
Tumanimizning chekka va  Eksklav hududda joylashgan Cho‘ng‘ara MFYda yashovchi fuqaro Obidjon Mamadiyev o‘zi yashayotgan xonadonda 11,5 sotix yer maydoniga issiqxona yaratdi va 5000 dona bodiring ko‘chatlari ekib parvarishlamoqda. 
O‘zining guruchlari bilan butun Respublikamizda nom qozongan cho‘ng‘araliklar endilikda tomorqachilikda ham mo‘may daromad topish hadisini olishmoqda. Xususan, Obidjon aka o‘z issiqxonasidan bir yilda uch marta hosil olmoqda va tomorqachilik borasida ko‘pga ibrat bo‘lmoqda. 

Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 103 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab