Qayrag‘ochning sabzavot mahsulotlari eksporti yildan-yilga oshib bormoqda

×

 2024-03-07 08:46:35    218

PDF yuklash
Chop etish


Serquyosh o‘lkamizda yetishtirilayotgan sarxil meva-sabzavotlar vitaminlarga boyligi va xushxo‘rligi bilan ajralib turadi. Shu bois ham dunyo bozorida yurtimiz meva-sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talab va ehtiyoj yuqori.

Prezidentimiz qarorida ichki bozorni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi dehqon va fermerlar, klaster va korxonalarni moddiy resurslar va xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchi korxonalarning barchasini “daladan — rastagacha” tamoyili asosida jamlab, moddiy qo‘llab-quvvatlash vazifalari belgilab berilishi, shuningdek, mahsulotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchi korxonalarga yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini xarid qilishda talab etiladigan aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun ajratilishi qayrag‘ochliklar uchun yanada qulayliklar yaratdi. 

Buning natijasida Qayrag‘och mahallasida yashovchi fuqarolarning daromadlari yanada oshdi. Ushbu mahallada qishin-yozin tomorqadan daromad olishmoqda, mazkur qishloqda yetishtirilayotgan mahsulotlar eksporti yildan yilga oshib bormoqda.   “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida bugun qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar aholi daromadlarini oshirishga, yangi ish o‘rinlarini yaratish, bozor va dasturxonlarimiz to‘kinligi hamda sabzavotlar eksportining ortishiga xizmat qilmoqda.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab