JURNALISTLAR RISHTON TUMANI "QAYRAGʻOCH" MFYDAGI JARAYONLAR BILAN TANISHISHDI

×

 2024-03-06 14:42:02    229

PDF yuklash
Chop etish


 Rishton tumanida navbatdagi press-tur o‘tkazildi. Mazkur tadbirda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan jurnalist va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etishdi.
Press-tur ishtirokchilari Rishton tumani "Qayrag‘och" mahallasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi.
Tumanimizda yerni zar bilib, tomorqasining har qarichidan unumli va samarali foydalanayotgan mirishkor dehqonlar juda ko‘p. O‘z navbatida issiqxona sharoitida dehqonchilik qilib, mo‘maygina daromadga ega bo‘lib, shu bilan birgalikda xalqimiz dasturxonining to‘kinligiga,  bozorlarda narx-navoning barqarorligiga hissa qo‘shayotgan mirishkorlar safi ham tobora kengaymoqda.
"Qayrag‘och" mahallasida yashovchi har bir oila tomorqasidan mo‘may daromad topib kelishmoqda.
Fuqarolar shaxsiy tomorqalarida sissiqxona tashkil etib, o‘rtacha 100 mln so‘m daromad qilishmoqda. Jurnalistlar ushbu mahalladagi bir necha xonadonda bo‘lishib, jarayonlarni ko‘zdan kechirishdi.

Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab