Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2024-03-01 10:47:27 146
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining navbatdagi oltmish oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya yig‘ilishida Rishton tumanini 2024 yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va boshqa bir qator masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari hamda hisobotlari tinglandi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan yo‘llangan savollarga mas’ullar tomonidan tegishli javoblar berildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan qaror loyihalari ishlab chiqilib deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi