O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nomlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi

 2024-02-28 14:16:54    60

PDF yuklash
Chop etish


Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nomlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va boshqa qonunlarga O‘zbekiston Respublikasining Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining hamda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining, O‘zbekiston Respublikasining Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyaning, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligining nomlarini va vakolatlarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Ushbu Qonun agrar hamda mudofaa sanoati sohalaridagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.

 

* * *

Suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy etish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratiladi

“Quyi bo'g'inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–5-son, 05.01.2024-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra:

  • suv xo'jaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun to'lovlar bekor qilinadi;
  • Suv xo'jaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo'limlari hamda maxsus xizmatlari negizida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etiladi;

Suv yetkazib berish xizmatlari rahbarlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bir yilda ikki marta xalq deputatlari tuman Kengashlariga hisobot berib boradi.

  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Davlat byudjetiga tushgan tushumning 40 foizi Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirishga yo'naltiriladi.

2024-yildan:

  • suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy etish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish uchun qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suvkredit.uz platformasi orqali 5 yil muddatga, shundan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi;
  • suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy etish bo'yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga ushbu texnologiyalar joriy qilingan yilning o'zida to'liq miqdorda ajratiladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy etish bo'yicha loyihalarga tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratiladigan kreditlar bo'yicha foiz stavkasining 10 foizdan oshadigan qismi Davlat byudjeti tomonidan qoplab beriladi.

Sug'oriladigan yerlarda yangi bog'lar, uzumzorlar va boshqa ko'p yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etishda xulosalar Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan faqat suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy qilish sharti bilan beriladi.

 

Umidjon Mexmonaliyev

Jinoyat ishlari bo`yicha

Rishton tuman sudining raisi

 



<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab