SEKTOR RAHBARLARI XUSUSIY MAKTABLARDAGI SHAROITLARNI O‘RGANISHDI
2024-02-28 09:16:22 141
Mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, sohada xususiy sektorga keng o‘rin berilayotgani ta’lim sifati va samaradorligini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda tumanimizda bir qator xususiy maktablar faoliyat yuritmoqda. Ushbu ta’lim muassasalarida sinov yo‘li bilan malakali mutaxassislar tanlab olingan. Har bir sinfxonasi o‘quvchilar uchun yakka tartibdagi stol-stullar, elektron doska va boshqa o‘quv-ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlandi.
Xususiy maktablarda eng ilg‘or ta’lim uslublari orqali aniq fanlar va ingliz tilini o‘rgatish, ta’lim berish jarayonida zamonaviy texnologiyalarni, rivojlangan mamlakatlar ta’lim dasturlarini joriy etish imkoniyati mavjud.
Kecha tuman hokimi Bahodir Xoliqov hamda tuman prokurori Rashidbek Mehmonovlar tumanimizdagi ayrim xususiy maktablarda bo‘lishib, u yerda o‘quvchilarni ta’lim tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi