“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

×

 2024-02-26 14:31:15    182

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 sentyabrdagi “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 562-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichiga start berildi.
Tumanidagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tanlovning birinchi, ya’ni tuman bosqichida elektron platformada ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchi yoshlar faol ishtirok etdilar. Har bir ishtirokchi ya’ni maktablarning 5 nafar o‘quvchilaridan iborat terma jamoasi xorijiy tillarni bilish darajasini test topshiriqlari vositasida sinovdan o‘tkazdilar. Tanlov ochiq va shaffof, adolat mezonlari asosida tashkil etildi. Tanlov ochilishida ishtirok etgan tuman hokimi va sektor rahbarlari, yoshlarga tanlovda omad, kelgusi o‘qish va ishlarida yanada ulkan zafarlar yor bo‘lishiga tilaklar bildirdi. 
Eslatib o‘tamiz tadbirning tuman bosqichida 3 ta o‘rin mavjud bo‘lib, 1-o‘rinni egallagan maktab o‘quvchilari 100 mln so‘m pul mablag‘i, 2-o‘rinni egallagan maktab o‘quvchilari 75 mln so‘m pul mablag‘i, hamda 3-o‘rinni egallagan maktab o‘quvchilari 50 mln so‘m pul mablag‘larini yutib olishlari belgilangan.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab