Hamkorlik aloqalarining yangi ufqlari

×

 2024-02-23 10:45:50    78

PDF yuklash
Chop etish


Keyingi yillarda Prezidentimizning amalga oshirayotgan oqilona siyosati natijasida  Rishton tumani va xorijiy mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu, o‘z navbatida hamkorlikni yanada jonlantirishga turtki bo‘lmoqda. Savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.  Hamkorlikning yangi sahifasi xalq manfaatlari yo‘lidagi yangi maqsadlar va istiqbollar bilan to‘lgan. Ochiq, samimiy muloqotlar o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish uchun ham mustahkam poydevor qo‘ymoqda.Bugungi kunda Rishton tumani imidjini ilgari surish, Rishton kulolchilik brendini xorijda ommalashtirish va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.  Ma’lumki, shu kunga qadar Ozarayjonning Ismoili, Yaponiyaning Maydzuru, Belarusiyaning Kruglyanski, Italiyaning Deruta, Turkiyaning Iznik va Kutaxьya shaharlari bilan Rishton tumani o‘rtasida birodarlashgan shaharlari sifatida memorandum imzolangan edi. Ushbu mamlakatlarga qilingan safarlar va ularning mamlakatamizga tashriflari davomidagi muloqotlar ochiqlik, o‘zaro ishonch, anglashuv va do‘stona ruhda o‘tdi.Imzolangan memorandumlarga ko‘ra, tumanimiz va xorijiy mamlakatlar  o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investisiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, boshqa sohalardagi aloqalar ko‘lamini tobora kengaytirib borish masalalari diqqat-markazida bo‘ldi. Ushbu hamkorliklar natijasida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, kulolilikni rivojlantirish dorasidagi loyihalar o‘zini oqlamoqda. Rishtonlik usta kulollar mahsuloti dunyo bozorini egallamoqda. Aytish joizki, hozirga qadar Respublika bo‘yicha yagona bo‘lgan dunyoning 5 ta davlatining  oltita shahri bilan birodarlashgan Rishton tumani bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas.Ayni kunlarda Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Polsha, Fransiya, Litva, Gruziya, Xitoy, Janubiy Koreya va Avstraliya mamlakatlari shaharlari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar davom etmoqda.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 55 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab