Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2024-02-21 13:29:20 148
Rishton tumani hokimligi majlislar zalida oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining navbatdagi 65-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.Unda tumandagi sektor rahbarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Sessiya ishiga tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Bahodir Xoliqov raislik qildi va olib bordi.Sessiya kun tartibiga qo‘yidagi masalalar qo‘yildi:1-masala: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadal-lashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 30 dekabrdagi PF-46-son Farmoni ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yashil bog‘lar” va “Yashil jamoat parklari”ni barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 27 sentyabrda qabul qilingan 529-son qaroriga asosan Rishton tumanida “Yashil bog‘” barpo etish to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari N.Oripov Axboroti.2-masala: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2024 yil 30 yanvardagi “Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” gi KQ-666-IV sonli qarorini tumandagi ijrosi yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i I. Djo‘rayevning Axboroti.3-masala: Rishton tuman mahalliy byudjetining 2024 yil boshida aniqlanadigan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i I.Djo‘rayevning Axboroti.4-masala: Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berishning namunaviy tartibini tasdiqlash5-masala: Xalq deputatlari tuman Kengashi, doimiy komissiyalari va tuman kengashi kotibiyatini 2024 yil uchun ish rejalarini tasdiqlash6-masala: “T. Ahmedov” MMTP hududidagi “Sarvarbek Shohruxbek yeri”, “M. Keldiyev” MMTP hududidagi “Xolinsa 2002” va “Yoshlik” MMTP hududidagi “Jaloliddin zamini” fermer xo‘jaliklarini yo‘nalishlarini o‘zgartirish yuzasidan tuman hokimini o‘rinbosari N.Mahmudov Axboroti.7-masala: 2024 yilda “Ayollar daftari” 5-bosqichiga ro‘yxatga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muxtoj, ehtiyojmand xotin-qizlar bilan olib borilishi rejalashtirilgan ishlar to‘g‘risida va boshqalar.Ushbu sessiya kundaligiga kiritilgan masalalar yuzasidan mutasaddilar axboroti va hisoboti eshitildi va deputatlar tomonidan muhokama etildi.Muzokara va munozaralarga boy tarzda o‘tgan sessiya yakunida kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi