Afg‘onistondagi harakatlar chog‘ida jasorat ko‘rsatgan veteranlarga ehtirom ko‘rsatildi

×

 2024-02-20 09:48:15    165

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimizda O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasining 30 yilligi hamda Afg‘oniston hududidan harbiy qo‘shinlar cheklangan kontingentini olib chiqilganligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda tuman hokimi Bahodir Xoliqov, tuman IIB boshlig‘i Shavkat Mavlonov, tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i Otabek Jabborov,  “Veteran” birlashmasi a’zolari, Afg‘onistonda yigitlik burchini o‘tagan veteran harbiylar, Afg‘on urushida halok bo‘lgan hamda urushdan keyin vafot etgan askarlarning oila a’zolari ishtirok etdilar.Tadbirda Afg‘oniston tuprog‘ida tinchlik uchun kurashda halok bo‘lganlar xotirasi yod etildi, hozir oramizda bo‘lgan veteranlarning bugungi kunda yoshlarni tarbiyalashdagi katta roli hamda o‘rni, urush yo‘lini bosib o‘tgan jangchilar sifatida ularga vatanga muhabbat tuyg‘ularini singdirib, yosh avlodni haqiqiy vatanparvar etib tarbiya qilayotganliklari alohida e’tirof etildi hamda ehtirom ko‘rsatildi.Afg‘on urushi faxriylarining katta guruhiga “O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi 30 yilligi” yubiley medallari hamda tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.Tadbir tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi.


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab