Таълим алмашинувлари ўз натижасини бермоқда

×

 2024-02-19 13:00:29    90

PDF yuklash
Chop etish


Maizuru shahri va Rishton tumani o’rtasidagi aloqalar 2019 yilda imzolangan memorandium bilan boshlanib,  har yili 3 nafar talabalar Maizuru shahrida joylashgan Politexnika kollejida o’qish uchun ta’lim grantlari asosida qabul qilinib kelmoqda. Ularning ilk qadirg’ochlari 2022 yil aprel oyida Rishton Noriko maktabi o’quvchilaridan qabul qilingan edi.Ushbu Talabalar joriy yilning mart oyida kollejni bitirishadi.  O’tgan 2 yil mobaynida talabalar Kollej ta’limlarini mukammal darajada egallab, rasmdagi mashinani o’z dizayn va salohiyatlarini ishga solib, yig’ishga muzaffaq bo’lishdi va 18.02.2024 yil. butun Yaponiya bo’ylab o’tkaziladigan “Yomon yo’llar uchun mo’ljallangan elektromobil va qo’l bola yig’ilgan transport poygasi” da ilk bor xorijlik  talabalar sifatida ishtirok etishdi.O’zbekistonlik Talabalar ushbu musobaqada ishtirok etgan ko’plab kollej vakillari orasida yetarlicha natijalar ko’rsatib, “Eng e’tirofga sazovor” (Best Pint award) nomli so’vrinni  qo’lga kiritishdi.  Ma’lumot sifatida aytish kerakki, Politexnika kolleji 2 yillik ta’lim bo’lsa-da, Talabalar o’z sohalari bo’yicha Maizuru shahrida joylashgan katta kompaniyalarga ishga joylashib ulgurishgan. Joriy yilning mart oyida Politexnika kollejini bitirishadi va aprel oyidan boshlab to’laqonli xodim sifatida faoliyatlarini boshlashadi. Yurtdoshlarimizga buyog’iga ham olg’a intilishlarini so’rab, ularga omad tilab qolaman.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab